Quva tumanida 15 gektarlik agrologistika markazining tamal toshi qoʻyildi
Tantanali tadbirda Toshkent shahridagi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi binosidan videokonferensaloqa orqali Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko ishtirok etdi.
Quva tumanida barpo etilishi moʻljallangan ushbu yirik obyektning ochilishida xorijlik investorlar, tuman hokimligi masʼullari, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ham qatnashdi.

— Ishonamizki, mazkur agrologistika markazi yaqin istiqbolda butun Fargʻona vodiysiga xizmat qiladigan yirik hududiy markazga aylanadi. Shu orqali yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar toʻgʻridan-toʻgʻri Rossiya va jahon bozorlariga yetkaziladi, — dedi ochilish marosimida soʻzga chiqqan Fargʻona viloyati hokimi. — Zamonaviy markazning ishga tushirilishi fermer va dehqon xoʻjaliklari, bogʻbonlar, tomorqa egalari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Maʼlumki, Quva tumanida “Energy Land” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan mevani qayta ishlash va agrologistika markazi 15 gektar maydonda joylashadi. Loyiha doirasida yiliga 20 ming tonna quvvatga ega qayta ishlash sexi, umumiy sigʻimi 30 ming tonnali sovutgich omborlari, mehmonxona va turli xizmat koʻrsatish infratuzilmalari barpo etiladi. Markaz faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan keyin 500 ta yangi ish oʻrni yaratilib, yiliga 100 million dollarlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik hamkorlik izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlab, Fargʻona sarxil meva-sabzavotlari va toʻqimachilik mahsulotlari Rossiya bozorida katta talabga ega ekanini qayd etdi. Yangi markazning ish boshlashi esa ikki tomonlama savdo imkoniyatlarini yanada kengaytirishini taʼkidladi.
Tadbir yakunida Xayrullo Bozorov va Vitaliy Xotsenko onlayn tarzda loyihaning boshlanishiga rasman start berdilar. Shu tariqa Quva tumanida mevani qayta ishlash va agrologistika markazi uchun ramziy rangda tamal toshi qoʻyildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring