Quva oʻrigi jahon bozorini zabt etmoqda

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Quva tumani bogʻdorlari uzoq yillardan buyon bogʻdorchilik sohasidagi yutuqlari bilan mamlakatimizda ham, xorijda ham tanilgan. Tumanning gilosi, anori, xurmo va shaftolisi, shuningdek, oʻrigi allaqachon Quvaning brendiga aylanib, jahon bozorida talabgir mahsulotlar sifatida eʼtirof etilmoqda.
Ayni kunlarda tumandagi intensiv bogʻlarda pishib yetilgan sershira oʻriklar qoʻshni davlatlar, jumladan, Rossiyaga eksport qilinmoqda. Xususan, “Ashurov Moʻminjon” bogʻdorchilik fermer xoʻjaligida 80 gektar maydonda Turkiyadan olib kelingan 5 xil navli oʻrik parvarishlanmoqda. Intensiv usulda tashkil etilgan bogʻda toʻliq tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan boʻlib, barcha agrotexnik ishlar ilmiy-amaliy yondashuv asosida amalga oshirilmoqda.
— Bu yil oʻrtacha 250–270 tonna oʻrik eksport qilishni maqsad qilganmiz, — deydi fermer xoʻjaligi rahbari Karimjon Ashurov. — Yaqinda tajriba tariqasida bogʻimiz mevasini samolyot orqali Janubiy Koreyaga yubordik. Quva oʻrigi ushbu mamlakatdagi yirik savdo tarmoqlarida xaridor topgach, uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish niyatidamiz. Shu orqali eksport hajmi va geografiyasini yildan yilga kengaytirish rejalashtirilgan.
Aytish lozimki, bugungi kunda fermer xoʻjaligi tomonidan intensiv texnologiyalar asosida yangi bogʻlar barpo etish, qoʻshimcha yerlarni oʻzlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda uzoq muddat saqlanuvchi, kasalliklarga chidamli va mahalliy iqlimga mos, serhosil navlarni olib kelish va mahalliylashtirish boʻyicha ham amaliy ishlarga kirishilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring