«Qurumsoq» FIFA, balogardon Anchelotti va «Barselona»ni mundialga qoʻyib yubormagan «Real Madrid». Mojaro qanday yakunlandi?
Foto: AP
FIFA 2025-yilda AQSHda klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati («FIFA 25») oʻtkazishini eʼlon qilgan edi.
Yaqinda Ispaniyaning «Real Madrid» klubi AQSHda bir oy davom etadigan yangilangan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga ishtirok etmasligi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «AS» nashriga bergan intervyusida shunday degandi: «Real»ning bitta oʻyini kamida 20 million yevro daromad keltiradi. FIFA bizga butun turnir uchun shuncha pul toʻlamoqchi. Qatnashmaymiz, albatta».
Futbol ekspertlariga koʻra, «Real Madrid» ushbu turnirda ishtirok etmasa, FIFA bundan katta zarar koʻradi. Ispaniya jamoasini Qoʻshma Shtatlardagi muxlislarining koʻpligini hisobga olinsa, bu tijoriy hamkorlarning ham katta qismidan ayrilib qolish xavfini yuzaga chiqarishi taxmin qilindi.
Shundan soʻng tarqalgan xabarlarga koʻra, agar madridliklar AQSHga bormasa, ularning oʻrniga «Barselona» taklif etilishi muhokama qilingan.
Gap shundaki, kataloniyaliklar Yevropadan taklif qilingan 12 ta jamoa ichida yoʻq edi. Chunki turnirda «Chelsi», «Real Madrid», «Manchester Siti», «Bavariya», «PSJ», «Inter», «Portu», «Benfika», «Borussiya Dortmund», «Yuventus», «Atletiko Madrid», «Red Bull Zalsburg» UYEFA sharafini himoya qilishi nazarda tutilgandi.
Vanihoyat, «Real Madrid» va FIFA oʻzaro kelishuvga erishdi. Futbol insayderlariga koʻra, bunga beriladigan mukofot puli miqdori oʻzgargani sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
«Real Madrid» rahbariyati Karlo Anchelottining intervyusini uyushtirgan, degan taxminlar ham yoʻq emas. Madrid klubi bu orqali yaxshiroq mablagʻ ishlab olishni istagan boʻlishi mumkin.
«Real Madrid» FIFA tomonidan tashkil etiladigan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki hech qachon soʻroq ostida boʻlmagan», deyiladi klub bayonotida.
Karlo Anchelotti ham klub bayonotidan soʻng oʻz fikrlariga tushuntirish berib ketdi.
«Intervyuda mening gaplarim notoʻgʻri talqin qilingan. «Real Madrid» uchun yana bir titul yutish imkoniyatini beruvchi turnirdan voz kechish bu men uchun yaxshi holat emas», dedi u.
«Real Madrid»ning ushbu manyovri «Barselona»ni umidvor qilib qoʻygan edi. Ammo oxirida hammasi madridliklar foydasiga hal boʻldi.
Turnir 2025-yilning 15-iyun — 13-iyul kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, unda 32 ta jamoa ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring