Tugʻruqxonada qurollangan ayol bir necha kishini garovga oldi
Turkiyadagi shifoxonaning tugʻruq boʻlimida ov miltigʻiga ega ayol bir necha kishini garovga oldi. Bu haqda Shot Telegram kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qahramanmarosh shahridagi tugʻruqxona va bolalar shifoxonasining tez yordam boʻlimiga qurol bilan nomaʼlum ayol bostirib kirib, shifoxona xodimlarini garovga olgan va bemorlarga tahdid qila boshlagan. Qiziq tomoni shundaki, u hech kimga hech qanday talab qoʻymagan.
Voqea joyiga favqulodda xizmatlar va Turkiya maxsus kuchlari yetib borgan. Biroq ayolning nima sababdan bu ishga qoʻl urgani haqida hamon maʼlumot mavjud emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring