Qurilish sohasida elektron reyting hamda elektron tender platformalari joriy etildi
Foto: Arxiv surat
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining maʼlum qilishicha, qurilish sohasida davlat xaridlarida ochiqlikni taʼminlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish boʻyicha elektron reyting hamda elektron tender platformalari joriy etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
“Shaffof qurilish” MAT negizidagi “Reyting” axborot tizimida qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan tender savdolarida ishtirok etishi uchun ularning reytinglari hisoblab borilmoqda. Shuningdek, korxonalarning reytingi davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali shakllantirilgan.
Reyting platformasida oʻtgan yilda jami 20 ming 140 ta qurilish-pudrat tashkiloti mavjud boʻlgan boʻlsa, hozirgi davrga kelib 23 ming 576 taga koʻpaydi. Shuningdek, elektron reytingda mavjud korxonalar tomonidan joriy yilda 2021-yilga nisbatan, soliq tushumlari 41 trln. soʻmga, maxsus texnikalari soni 2 barobarga, band boʻlgan aholi soni 58 foizga ortgan.
Qurilish sohasida davlat xaridlarining oʻtkazilishini taʼminlovchi maxsus elektron platforma vazirlik va idoralarning tizimlariga integratsiyalashgan ravishda ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlarni inson omilisiz avtomatik ravishda olish imkonini beradi. Inson omili bartaraf etilgani hisobiga hamda ochiq va shaffof talablar belgilanishi natijasida qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida raqobat muhiti tobora sogʻlomlashib bormoqda.
Xususan, platformada jami 47 ming 546 ta tender oʻtkazilgan boʻlib, ularda jami 12 ming 749 ta tashkilot ishtirok etgan. Oʻtkazilgan tenderlarning jami qiymati 35,85 trln. soʻm boʻlib, ushbu tenderlarda 34,08 trln. soʻmlik shartnomalar tuzilgan. Elektron tender platformasida tejab qolingan mablagʻlar 1,78 trln. soʻmni tashkil etadi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, tenderlarda inson aralashuviga yoʻl qoʻyilmagani natijasida davlat obyektlarida ishtirokchilar soni doimiy ortib bormoqda. 2022-yilda bitta tenderda qatnashuvchilarning oʻrtacha soni 4 ta boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda oʻrtacha 6 ta ishtirokchi qatnashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring