Qurilish materiallari eksporti 2023-yilda 900 million dollarga yetkaziladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida sanoatni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qurilish materiallari eksportini 2023-yilda 900 million dollarga yetkazish, ichki bozor uchun 5 trillion soʻmlik qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish shartligi koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga;
— qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun kamida 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan “Sanoat ipotekasi” dasturini ishlab chiqish va bunga birinchi bosqichda 50 million dollar resurs yoʻnaltirish;
— Nukus shahri, Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, Oʻzbekiston tumanlarida qurilish materiallari industrial zonalarini tashkil etish;
— Ispaniya, Italiya va Turkiyaning yetakchi korxonalari bilan muzokara oʻtkazib, Angrenda chinni idishlar va santexnika buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil qilish;
— kelgusi yilda Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kaolindan klaster usulida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha kamida 200 million dollarlik 10 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring