Qurbon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha mahalliy aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Arxiv foto
Muborak Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan «Uzbekistan Airways» respublika ichidagi bir qancha aviayoʻnalishlarga qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qoʻshimcha reyslar taqvimiga koʻra, «Toshkent — Namangan — Toshkent» yoʻnalishi (15-iyun), «Toshkent — Buxoro — Toshkent» (15-17-18-iyun), «Toshkent — Termiz — Toshkent» (15-16-17-18-iyun), «Toshkent — Samarqand — Toshkent» (16-iyun), «Toshkent — Urganch — Toshkent» (16-18-iyun) va «Toshkent — Fargʻona — Toshkent» (17-iyun) yoʻnalishlarida amalga oshiriladi.
Parvoz jadvali haqida qoʻshimcha maʼlumot va aviachiptalarni aviakompaniya sayti, «Uzbekistan Airways Sales» filiallari va aviakompaniya agentlaridan olish mumkin.
Avval xabar berganimizdek, Prezident qarori bilan Qurbon hayiti 16-iyun (yakshanba) kuni nishonlanadi. Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni oʻz faoliyatini odatdagidan 2 soat oldin boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring