Qumqoʻrgʻonda may oyida bedarak yoʻqolgan ayol qidiruvga berildi

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani “Bobolochin“ mahallasida yashab kelgan Mavluda Qulmatova 2019-yilning may oyida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan. Bu haqda Qumqoʻrgʻon tumani prokuraturasi “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, tumanning “Bobolochin“ mahallasi Tinchlik koʻchasi 154-uyda yashovchi E.Shayimov tuman prokuraturasiga murojaat qilib, turmush oʻrtogʻi 2019-yilning 15-may kuni yashash uyidan, “uyimdagilarni oldiga borib kelaman“ deb chiqib ketib qaytib kelmaganini bildirgan va uni topishda koʻmak soʻragan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bedarak yoʻqolgan Mavlud Qulmatova Ortiqovna 1984-yilda Boysun tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, uy bekasi, oilali. Yoʻqolgan kuni egnida qizil rangdagi koʻylak va shu rangdagi lozim boʻlgan. Oyogʻida oddiy qora rangdagi shippak boʻlgan. Sochlari oʻrtacha qora, koʻzlari qora rangda. Boʻyi taxminan 155-165 sm, oʻrtacha gavdali rangi bugʻdoyrang-sariq rangda qoshlari qalin qora rangda.
Kimda kim bedarak yoʻqolgan M. Qulmatovani koʻrgan, yoki u haqida eshitgan boʻlsa, IIB idoralariga yoki 102 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilishi soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring