QS Sustainability Rankings 2025: Oʻzbekiston Milliy universiteti TOP-1000 talikdan joy oldi
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi eng yaxshi universitetlar reytingi (QS Sustainability Rankings 2025) eʼlon qilindi.
Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan mazkur reytingda Oʻzbekiston Milliy universiteti 931-940-oʻrinni egallab, top-1000 talikdan joy oldi.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur reytingdan Oʻzbekistonning 7 ta oliy taʼlim muassasasi, jumladan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 828-oʻrin, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1161-1180, Toshkent davlat texnika universiteti 1251-1300, Toshkent davlat transport universiteti 1401-1450, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501+, Urganch davlat universiteti 1051+ oʻrinlarni qayd etdi.

Dunyo miqyosida barqarorlikni taʼminlash dolzarb vazifa boʻlib bormoqda. Ushbu global tashabbuslarda Oʻzbekiston Milliy universiteti ham faol ishtirok etib, barqarorlikni rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshmoqda.
Quvonarlisi, OʻzMU 2024-yilda bir qator koʻrsatkichlar boʻyicha oʻz pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshiladi.
Atrof-muhit barqarorligi (Environmental sustainability) koʻrsatkichi boʻyicha 279-oʻrinni egalladi (2023-yilda 428-oʻrin).
Boshqaruv (Governance) koʻrsatkichi boʻyicha 402-oʻrinni egalladi. Ekologik taʼlim (Environmental education) koʻrsatkichi boʻyicha 825-oʻringa koʻtarildi (2023-yilda 1001+).
Bilim almashinuvi (Knowledge exchange) koʻrsatkichi boʻyicha 952-oʻringa koʻtarilib, oʻz natijasini 100+ pogʻona yaxshiladi (2023-yilda 1001+).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring