“Qozon — 2021”: oʻzbekistonlik sambochilar 12 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Bugun, 7-sentyabr kuni Tatariston Respublikasining Qozon shahrida I MDH oʻyinlarining sambo boʻyicha musobaqalari boʻlib oʻtdi. Turizm va sport vazirligi unda oʻzbekistonlik polvonlar qayd etgan natijalar haqida maʼlumot berdi.
Qizlar oʻrtasidagi bahslar quyidagicha yakun topdi:
Oltin:
Sabina Davlatova (50 kg)
Kumush:
Shohida Xontoʻrayeva (54 kg)
Azada Aymuratova (59 kg)
Sevara Shamsiddinova (80+ kg)
Bronza:
Amirova Shohista (65 kg)
Charosxon Ozodova (80 kg)
Begoyim Xayitova (72 kg)
Oʻsmir yigitlar oʻrtasida esa natijalar quyidagicha:
Kumush:
Shaxriyorbek Mamatqulov (64 kg)
Musoxon Ziyadinov (71 kg)
Hudoyor Ibroyimov (79 kg)
Ruslan Rustamov (+98 kg)
Bronza:
Murod Erkinov (98 kg)
Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolari bugun sambo boʻyicha jami 12 ta medal - 1 ta oltin, 7 ta kumush, 4 ta bronza bilan umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin - Rossiya Federatsiyasi, uchinchi oʻrin esa Ozarbayjon sambochilar jamoasiga nasib etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring