Qozogʻistonda sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida 2 nafar oʻzbekistonlik vafot etgan
Foto: Illustrativ foto
2022-yil 16-iyul kuni Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan maʼlumotga koʻra, bugun soat 3:21 da Qozogʻiston Respublikasi Shetskiy tumanidan oʻtgan “Almata-Yekatrinburg” avtomobil yoʻlining 850 km.da harakatlangan, MAN yuk mashinasi va “Mercedes-Benz Sprinter” yoʻlovchi mikroavtobusi toʻqnashishi oqibatida mikroavtobus ichida boʻlgan 17 nafar yoʻlovchilardan 8 nafari voqea joyida halok boʻlgan, 9 nafar yoʻlovchilar turli darajada tan jarohati olib, Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasiga yotqizilgan.
YTH oqibatida mikroavtobus salonida boʻlgan 5 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan 2 nafari voqea joyida vafot etgan hamda 3 nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, Qozogʻiston masʼullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam koʻrsatishda yaqindan koʻmak berishmoqda.
Hozirda, ushbu holat yuzasidan Qozogʻiston Respublikasi IIV xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan maʼlumot almashinuvi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring