Qozogʻistonda qarovsiz qolgan 10 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi

09:57 31 Mart 2025 Jamiyat
96 0

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Qozogʻistondan ota-ona qaramogʻisiz qolgan 10 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi konsullik xodimlari ushbu bolalarning tez va xavfsiz Vatanga qaytishini taʼminlash maqsadida barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan. Bolalarga Oʻzbekiston IIV va SSV xodimlari hamrohlik qilgan.

Ayni paytda ular vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan. Bolalardan 8 nafari yaqin kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasiga yoʻl oladi va u yerda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayyorlangan oila aʼzolari hamda yaqin qarindoshlariga topshiriladi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan uch oyda xorijdan vatanga qaytarilgan bolalar soni 31 nafarni tashkil qilgan — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar koʻp.

Taʼkidlanishicha, yaqin kunlarda Sankt-Peterburgdan 10 nafardan ortiq bolalardan iborat guruh ham Oʻzbekistonga qaytarilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?