Qozogʻistondagi portlashda uch nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi
Qozogʻistonning Olmaota viloyati Ili tumanida joylashgan “LGN Metal” korxonasida 11-sentyabr kuni yuz bergan portlash oqibatida uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi.
Hodisa yuzasidan tergov ishlari Ili tumani politsiyasi tomonidan olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Migratsiya agentligi marhumlarning jasadlarini yurtimizga qaytarish va ularning yaqinlariga zarur amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrmoqda.
Tergov jarayonida Qozogʻiston tomoni bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring