Qozogʻiston Tojikiston va Qirgʻizistonga vertolyot yetkazib beradi

Kuni kecha Qozogʻiston poytaxti Nur-Sulton shahrida ushbu davlatda yigʻilgan ilk vertolyot kaliti taqdimoti marosimi boʻlib oʻtdi. Bu Tojikistonga shunday texnika eksport qilish ochilganini anglatadi, deb xabar berdi IAS manbasi.
Vertolyot “Yevrokopter Kazaxstan injiniring”(Qozogʻiston-Fransiya-Germaniya qoʻshma korxonasi) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlsa, uni Tojikistonning “Somon Eyr” aviakompaniyasi xarid qilyapti.
N125 rusumidagi ushbu transport vositasi besh yoʻlovchiga moʻljallangan boʻlib, aviakompaniya undan birinchi navbatda biznes va turizm maqsadlarida foydalanmoqchi.
Maʼlumot uchun, qoʻshni davlatdagi yuqorida nomi tilga olingan kompaniya Airbus Helicopters vertolyotlarini ishlab chiqarish va sotish, YES145, N125, N130 rusumli vertolyotlarni yigʻish, texnik xizmat koʻrsatish, uchuvchilar va texniklarga rus hamda ingliz tillarida taʼlim berish bilan shugʻullanadigan MDH va Markaziy Osiyodagi yagona korxona hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring