Qozogʻiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Samarqandga keladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 3-4-aprel kunlari amaliy tashrif bilan yurtimizda boʻladi. Bu haqda qoʻshni davlat Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Prezident Toqayev tashrif doirasida Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi kutilayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etishi va qator uchrashuvlarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti boʻlib oʻtadi. Ilk marta oʻtkazilayotgan ushbu yirik xalqaro tadbir nafaqat mintaqa, balki Yevrosiyo makonidagi barqarorlik va hamkorlik istiqbollarini belgilab beradigan muhim voqea boʻlishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring