Qozog‘iston O‘zbekistonga harbiy texnikalarini eksport qiladi

Harbiy maqsadda ishlatiladigan optik-elektron asboblar Qozog‘istondan O‘zbekiston va Tojikistonga eksport qilinadi. Bu haqda AMI Trend axborot manbasi xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, bunday texnika vositalari Qozog‘istonning “Kazaxstan Aselsan Injiniring” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. 2011 yilda tashkil etilgan kompaniya Qozog‘iston mudofaa sanoatining elektron va optik-elektron mahsulotlari borasidagi vazifalarini bajaradi. 23 may kuni kompaniya “KADEX-2018” xalqaro qurol ko‘rgazmasida jangovar modullarning yangi oilasini, optik-elektron asboblar, mobil dasturiy-texnik majmualarni taqdim qildi.
“Tojikiston va O‘zbekistonga optik-elektron mahsulotlar eksport qilmoqchimiz. Bizning mahsulot raqobatbardosh. Optikada Isroil, Rossiya, Belarus kabi jahon yetakchilari bilan raqobatlashimizning o‘zi ko‘p narsadan darak beradi”, deb aytgan kompaniya bosh direktori o‘rinbosari Abiyur Alshimbayev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring