Qozogʻiston oʻz raketa-tashuvchisini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
Qozogʻistonda olimlar 2030-yilga qadar oʻta yengil sinfdagi raketa-tashuvchini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatning sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev maʼlum qildi, uning soʻzlarini TASS keltirmoqda.
“Bizning oʻzimizga xos, qozogʻistonlik ishlanmamiz — bu oʻta yengil sinfdagi raketa-tashuvchidir. 2030-yilgacha moʻljallangan dastur bor. Biz ushbu dasturni bosqichma-bosqich rivojlantiryapmiz, maqsad — mustaqil ravishda fazoga chiqish imkonini beradigan oʻz raketa-tashuvchimizga ega boʻlish. Bu esa kosmik derjava belgilaridan biridir”, — dedi Madiyev.
Vazirning taʼkidlashicha, Qozogʻistonda 2030-yilgacha raketa-tashuvchi ishlab chiqish dasturi ustida ishlayotgan ilmiy institutlar birlashmasi mavjud.
Avvalroq rejalashtirilgan ilk meteorologik raketani sinovdan oʻtkazish ham oʻta yengil sinfdagi milliy raketa-tashuvchini yaratish yoʻlidagi muhim bosqichlardan biri boʻlishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring