Qozogʻiston boks boʻyicha terma jamoaning barcha murabbiylarini lavozimidan ozod qildi. Bu Parijdagi omadsizlik bilan bogʻliqligi taxmin qilinmoqda
Foto: tengrinews.kz
Qozogʻiston boks boʻyicha erkaklar terma jamoaning barcha murabbiylarini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda “Tengri News” xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Qozogʻistonda boks boʻyicha erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabi ishdan butunlay chetlatilgan va bu qaror Qozogʻiston boks federatsiyasi qarori Sport qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan.
Shu tariqa, Bosh murabbiy Mirzagali Aytjanov va murabbiylar shtabi tarkibidan 10 nafar mutaxassis hamda Qozogʻiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Aziz Kojambetov oʻz lavozimini tark etdi.
Boks boʻyicha Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy Tursingali Edilov esa boks federatsiyasi prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
Yangi murabbiylar shtabi hozircha toʻliq tarkibda maʼlum emas. Mazkur qarorlar katta ehtimol bilan Parij olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizliklar bilan bogʻliq.
Qayd etish kerakki, qoʻshnilarimizning Parijdagi medallari bir kumush va bir bronzadan iborat. Kumush medalni 24 yoshli Nurbek Oralbay, bronzani esa Nozim Qizaybay olib kelgandi.
Avvalroq, “erkaklikda gumon qilingan” jazoirlik bokschi Iman Halif Donald Tramp va Ilon Maskni sudga bergandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring