Qoʻshtepada maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichi 86 foizga yetdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yaqin yillargacha Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichi qoniqarsiz edi. Bu boradagi ezgu tashabbuslar doirasida oʻtgan qisqa davrda tumanning barcha hududlarida koʻplab zamonaviy bogʻchalar bunyod etildi. Eski bogʻchalar mukammal taʼmirdan chiqarildi, davlat-xususiy sheriklik tamoyili boʻyicha yangi taʼlim muassasalari foydalanishga topshirildi.
Ayni jarayondagi ishlar izchil davom ettirilayotgani natijasida Investitsiya dasturi asosida tumanning “Shomirza” va “Shahartepa” MFY hududida shu kunlarda 2 ta zamonaviy bogʻcha ish boshladi. Xususan, 30-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 150 oʻrinli bino qurilishi uchun 4,5 mlrd. soʻm, 20-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga oshxona qurish va binolar rekonstruksiyasi uchun 3,9 mlrd. soʻm sarflandi.

— Ikkita zamonaviy bogʻcha toʻliq ishga tushgani natijasida tumanda maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichi 86 foizga yetkazildi, — deydi Qoʻshtepa tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi Shuhratjon Usmonov. — Bu yil yana bitta bogʻchada Investitsiya dasturi boʻyicha mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida bitta yangi bogʻcha qurilishi rejalashtirilgan.
Bu tumanda ushbu yoʻnalishdagi qamrovni 90 foizdan oshirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring