“Qoʻrqut ota” xalqaro kinofestivalida oʻzbek filmlari ishtirok etadi
Oʻtgan 2021-yilning 8 — 12-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida “Qoʻrqut ota” Xalqaro turkiy tilli mamlakatlar kinofestivali boʻlib oʻtgan edi.
Bu turk dunyosi mamlakatlari tarixidagi birinchi kinofestival boʻlganligi bilan ahamiyatli edi. Festival Turkiyaning madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, “Beyoʻgʻli madaniy marshruti” tadbiri boshlanishi bilan hamohang oʻtkazildi. Loyiha Istanbulning tarixiy, meʼmoriy, iqtisodiy va turistik qadriyatlariga urgʻu berish maqsadida tashkil etildi.
U IX-X asrlarda Sirdaryo sohilidagi dashtlarda yashab oʻtgan oʻgʻuz turklarining mashhur shoiri, baxshisi Qoʻrqut ota (Dede Korkut) sharafiga nomlangan. Qoʻrqut ota qadim musiqiy asbob — qoʻbizning ixtirochisi ham sanaladi.
Istanbul kinofestivaliga 13 ta davlatdan yuzdan ortiq kino ijodkorlari tashrif buyurdilar. Xalqaro anjumanda Turkiyadan tashqari Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Vengriya, Gagauziya, Eron, Ukraina va Shimoliy Kiprdan kino ustalari ishtirok etishgan edi.
42 ta film qatnashgan konkurs dasturida ikki oʻzbek filmi eʼtirof etilgandi. Rashid Malikovning “Tutqunlik” filmi jyurining maxsus unvonini qoʻlga kiritgan boʻlsa, Ali Hamroyevning “Xalq jasorati” filmi hujjatli filmlar kategoriyasida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Bu yil ham bir guruh oʻzbek kinosi ijodkorlari 1-5-noyabr kuni Turkiyaning Bursa shahrida ikkinchi marta boʻlib oʻtadigan “Qoʻrqut ota” xalqaro kinofestivaliga yoʻl olishadi. Festivalning konkurs dasturida “Ayol qismati” badiiy, “Inson” hujjatli film sifatida gʻoliblik uchun kurashadi. Konkursdan tashqari namoyishlarda esa Akram Shoxnazarovning “101 reys” hamda Rustam Saʼdiyevning “Baron 2. Sogʻinch” badiiy filmlari festivalga tashrif buyurgan mehmonlarning eʼtiboriga havola etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring