Qoʻriqlash faoliyati sohasida yagona davlat siyosati yuritiladi — Qonun loyihasi 

11:44 01 Fevral 2022 Jamiyat
670 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar dastlab “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib oʻqishmoqda.

Qayd etilganidek, bugungi kunda qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilovchi amaldagi qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilmagan, qoʻriqlash faoliyatining asosiy prinsiplari qonun hujjatlarida belgilanmagan, obyektni, mulkni va shaxsni qoʻriqlayotgan xodimlar tomonidan davlat majburlov choralarini koʻrish, kadrlarni tanlash, tayyorlash va xodimlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalalari qonun darajasidagi hujjat bilan tartibga solinmagan. Bu, oʻz navbatida, qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi.

Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonun lohasida qoʻriqlash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, qoʻriqlash faoliyati turlari, uni amalga oshiruvchi subyektlarning huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.

Qonun loyihasi qabul qilinishi bilan qoʻriqlash faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishning qonuniy asoslari yaratiladi, qoʻriqlash faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va subyektlarining huquqiy maqomi belgilanadi, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy daxlsizligini taʼminlash boʻyicha huquqiy mexanizm shakllantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?