Qoraqalpogʻistondagi ikkita oliy taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini tugatadi, ammo…

13:21 28 Yanvar 2025 Hujjatlar
516 0

Prezidentning “Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi Nukus davlat texnika universiteti faoliyatiga asos solindi. Gap shundaki, ushbu oliy taʼlim muassasasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.

Universitetning asosiy vazifalariga sanoat, texnika-texnologiya va muhandislik sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash kiradi. Shuningdek, yangi taʼlim muassasasida Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa zamonaviy talablarga mos taʼlim va ilmiy tadqiqotlar olib borishga xizmat qiladi.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Nukus davlat texnika universitetida xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi. Bu tizim talabalarning fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini hamda professor-oʻqituvchilarning faoliyati samaradorligini aniqlashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, mazkur oʻquv yilida tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar boʻyicha toʻliq davlat granti asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Bu Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sanoat sohasi uchun zarur kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi kutilyapti.

Ayni paytda Nukus davlat texnika universitetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻz oʻqishini ushbu universitetda davom ettiradi. Bitiruvchi kurs talabalari esa belgilangan tartibda Nukus davlat texnika universiteti diplomini oladi. Bu esa hududdagi taʼlim tizimini yanada rivojlantirishga katta turtki boʻlishi mumkin.

Avvalroq Namanganda ham 3 ta yirik institut bitta Namangan davlat texnika universitetga birlashtirilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер