Qoraqalpogʻistondagi baʼzi tuman abituriyentlari uchun maqsadli grant oʻrinlari ajratildi

14:58 12 Iyul 2021 Jamiyat
1043 0

2021-2022 oʻquv yilida mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida xalq taʼlimi sohasida oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi.

Shu asnoda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir nechta kunduzgi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining qoraqalpoq guruhlari uchun jami 63 ta maqsadli grant oʻrni ajratildi.

Oliy maʼlumotli kadrlarga talab yuqori boʻlgan Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl hamda Ellikqalʼa tumanlarida istiqomat qiluvchi abituriyentlar mazkur ajratilgan oʻrinlar boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Taʼkidlash joiz, maqsadli qabul koʻrsatkichlari tumanlar kesimida:

Boʻzatov tumani uchun, 5110200 – Fizika va astronomiya taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111600 – Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111302 – Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin.

Moʻynoq tumani uchun, 5110100 – Matematika va informatika taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 6 oʻrin; 5110200 – Fizika va astronomiya taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 3 oʻrin; 5110300 – Kimyo taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5110400 – Biologiya taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111301 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111302 – Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin.

Taxtakoʻpir tumani uchun, 5110100 – Matematika va informatika taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 2 oʻrin; 5110200 – Fizika va astronomiya taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5110300 – Kimyo taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111301 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111700 – Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin.

Toʻrtkoʻl tumani uchun, 5110100 – Matematika va informatika taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 6 oʻrin; 5110200 – Fizika va astronomiya taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111301 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111302 – Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 4 oʻrin.

Ellikqalʼa tumani uchun, 5110100 – Matematika va informatika taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 6 oʻrin; 5110200 – Fizika va astronomiya taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 2 oʻrin; 5110300 – Kimyo taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 3 oʻrin; 5110400 – Biologiya taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 2 oʻrin; 5110600 – Tarix taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 2 oʻrin; 5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 2 oʻrin; 5111600 – Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 1 oʻrin; 5111301 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 3 oʻrin; 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili taʼlim yoʻnalishi qoraqalpoq guruhiga 3 oʻrin.

Maʼlumot uchun, maqsadli qabul – bu maʼlum bir taʼlim yoʻnalishida muayyan hududlar uchun alohida ajratilgan davlat granti asosidagi qabul hisoblanadi. Yaʼni, yuqoridagi tumanlar uchun ajratilgan oʻrinlarga boshqa tumanlarda istiqomat qiluvchi abituriyentlar maqsadli qabulda ishtirok eta olmaydi.

Shuni unutmaslik kerakki, amaldagi tartibga koʻra maqsadli qabul qilingan talabalarning boshqa taʼlim yoʻnalishi yoki shakliga, boshqa OTMga oʻqishini koʻchirishi hamda qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizasi rad etiladi.

Maqsadli qabul kvotalari uchun maqsadli qabul belgilangan hududda doimiy yashaydiganlar (pasportdagi maʼlumoti boʻyicha), umumiy oʻrta maktabni bitirganligi toʻgʻrisida tegishli hujjatga ega boʻlganlar (10-11-sinf asosida), oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga ega boʻlgan abituriyentlar hujjat topshira oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?