Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumanida olib borilgan tadbirlarda “Qaratau” nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.
Maʼlum boʻlishicha, IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Anhorli” mahallasida yashovchi A.D. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan.
Ushbu xonadondan 3 turdagi “Qaratau” nomi ostida qoʻlbola usulda tayyorlangan 3 ming 566 dona alkogol mahsuloti, 7 ming 925 dona aksiz marka, 297 litr spirt, 125 litr antiseptik va ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Ishtixon va Toyloqda 6 ming 754 dona qalbaki yorliqli alkogol mahsulotlari savdosi toʻxtatilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring