Qoraqalpogʻistonda ham test sinovlari boshlandi

15:09 14 Iyul 2025 Jamiyat
106 0

Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Bugun mamlakatimiz boʻylab 2025-2026 oʻquv yili uchun oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlari boshlandi.

Nukus shahridagi test sinovlari oʻtkaziladigan joylar qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport majmuasida ham abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etmoqda.

Bu maskanda abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylari, test jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati va boshqa zarur sharoitlar mavjud.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, test sinovlari kuniga ikki smenada – 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida 32 700 dan ortiq abituriyentlar ishtirok etishi kutilayotgan boʻlib, test sinovlari shu yilning 22-iyul kunigacha davom etadi.

Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali onlayn translyatsiya qilinmoqda, jarayonni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati ham yaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер