Qorakoʻlda IT-klaster tashkil etiladi
“Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (273-son, 05.07.2023 y) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berish va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorakoʻl IT-klasteri tashkil etiladi.
IT-klaster doirasida quyidagilar faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi:
— zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;
— masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
— ilmiy-tadqiqot markazlari, oʻquv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi.
Buning uchun:
1-bosqichda 2023-yil 31-dekabrgacha maʼmuriy bino, oʻquv laboratoriyasi va 5 600 oʻringa moʻljallangan oʻquv binolari quriladi;
2-bosqichda 2024-yil 1-sentyabrgacha 1 300 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi, 15 oʻringa moʻljallangan mehmonxona, 100 oʻringa moʻljallangan inkubatsiya markazi, 200 oʻringa moʻljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari quriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring