Qoʻqonlik oʻquvchilar yaratgan koʻrgazmali jihozlar eʼtirof etildi

22:40 31 Mart 2022 Jamiyat
708 0

Xalq taʼlimi vaziri Qoʻqon shahri hokimi bilan birgalikda 5-sonli maxsus maktab-internati bilan yaqindan tanishdi. Shu kuni maktabda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Maktab jamoasi tomonidan mavjud sharoitdan unumli va samarali foydalangan holda xorijiy davlatlar tajribasi asosida turli xil maxsus oʻquv xonalari yaratilgan.

Oʻquvchilarni ijtimoiy-maishiy hayotga tayyorlov xonalari bilan tanishilgandan soʻng taʼlim sifatini oshirish maqsadida maktabga televizor, proyektor, kompyuter taqdim etildi.

Masʼul xodimlarga ushbu maktab tajribasini butun respublika maxsus maktab-internatlariga ommalashtirish maqsadida 5-son maxsus maktab-internatga kelib oʻrganishlari boʻyicha topshiriq berildi.

Maʼlumot uchun ushbu maktab davlat dasturi doirasida taʼmirlanishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?