Qoʻqonda II Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi

19:52 09 Iyul 2021 Madaniyat
1178 0

“Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (430-son, 08.07.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2022-yilda Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi hamda “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Festivalga iqtidorli hunarmandlar va isteʼdodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi koʻrgazma va koʻrik-tanlov tashkil etiladi:

➖ birinchi bosqich – tumanlar (shaharlar) boʻyicha 2022-yilning aprel oyida;

➖ ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha 2022-yil iyunda.

Eslatib oʻtamiz, mazkur festivalning oʻtkazilishi Prezidentning 2019-yil 3-oktyabrdagi PF–5841-son farmoni (https://t.me/huquqiyaxborot/5652) bilan belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?