Qonunga zid tashqi reklama vositalari yoʻq qilindi
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlari ijrosini taʼminlash, tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish maqsadida Xovos tumanida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan tumandagi Chamanzor, Bunyodkor, Tinchlik, Doʻstlik mahallalarida tashqi yozuvlar va reklama obyektlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi oʻrganildi.
Tekshiruv jarayonida 30 dan ortiq noqonuniy va eskirgan reklama obyektlari, shuningdek, umumqabul qilingan axloqiy, maʼnaviy meʼyorlarga zid boʻlgan targʻibot vositalari hamda axborot matnlari olib tashlandi.
— Nazorat tadbirlari davomida tashqi reklamalarga oid qonunlar boʻyicha targʻibot ishlari ham olib borilyapti, — deydi Sirdaryo viloyati hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻaybulla Yusupov.— Qonun talablariga mos va har jihatdan mukammal reklamalar yuzasidan tavsiyalar berilayotir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring