Qonun loyihasini koʻrib chiqishda pandemiya ehtimoli mavjudligi eʼtiborga olingani ahamiyatlidir

Joriy yilda koronavirus pandemiyasi xavfini pasaytirish, xalqimizning bu ofatdan sogʻ-omon olib chiqish, talafotlarni imkon qadar kamaytirish borasida davlatimiz tomonidan oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli 2020-yilgi davlat byudjeti parametrlari ijrosi taʼminlandi. “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi kelgusi yilda ham koronavirus pandemiyasi davom etishi ehtimoli mavjudligini eʼtiborga olgan holda ishlab chiqilgani ahamiyatlidir.
Chunki koronavirus pandemiyasi xavfi hali yoʻqolgani yoʻq. Biz uning har qanday xurujlariga tayyor turishimiz, zarur boʻlganda aniq chora-tadbirlar koʻrishimiz lozim.
Shu jihatdan olganda koronavirus pandemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish, tez aniqlashda viloyat markazlari, tumanlarda jiddiy muammolar mavjudligidan koʻz yuma olmaymiz. Bu muammo joylarda MRT diagnostika apparatlarining yetishmasligi bilan bogʻliqdir. Oʻzim guvoh boʻlganimdek, MRT apparatlari xususiy klinikalarda mavjud boʻlib, unga koʻrinish uchun aholi katta miqdorda pul sarflashga majbur boʻlishyapti. Nochor oilalar bor, kam taʼminlanganlar, koʻp bolali onalar kasallik xavfi sezilganda MRT apparatiga qimmat boʻlsa ham, qarz-qavala qilib, tushishga majbur boʻlyapti.
Mening taklifim – 2021-yilga moʻljallangan davlat byudjeti parametrlarini belgilashda davlat byudjeti hisobidan shahar va tuman kasalxonalari MRT apparatlari bilan taʼminlansa, aholi uchun katta qulaylik yaratgan boʻlamiz. Albatta, bu apparatlar xarid qilinsa, nafaqat koronavirusga, balki kelgusida boshqa koʻplab kasalliklarga tashxis qoʻyishda ham foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Mavluda Ibragimova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʼzLiDeP fraksiyasi aʼzosi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring