Qonlikoʻlda yigit sevgilisini 4-marta pichoqladi. Qiz oʻlimidan avval yigitni aybsiz deb koʻrsatma berdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonlikoʻl tumanida mudhish voqea yuz berdi. Bu haqda “Qonun va ijro” nashri maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, ushbu tumanda yashagan ikki yosh oʻlguncha bir-birlaridan ayrilmaslik haqida ahdu paymon qilib, agarda birga boʻlishmasa, oʻz jonlariga qasd qilishga vaʼda berishgan.
Ammo taqdir taqozosi bilan yigit Toshkentga ishlash uchun kelganida, qizni uyidagilari boshqa yigitga turmushga berib yuborgan.
Yigit yurtiga qaytgach, qiz bilan Nukus davlat pedagogika institutining oldida uchrashib qoladi va oʻzaro kelishuvlarini amalga oshirish uchun ertasi kuni Qonlikoʻl tumanida uchrashishga kelishgan.
Shundan keyin, ertasi kuni ertalab soat taxminan yigit 9:30larda qizni Qonlikoʻl tumanida kutib olib, birgalikda Qoʻngʻirot tumanidagi dehqon bozoridan yogʻoch dastali pichoq sotib olishgan.
Shu kuni soat taxminan 15:00larda Qonlikoʻl tumanidagi “Beshkoʻpir” OFYda joylashgan «Yeshimoxun» qabristoniga birgalikda borishgan. Qabristonda yigit qizning turmush oʻrtogʻiga qoʻngʻiroq qilgan.
Soʻng soat taxminan 18:00larda oʻzlari bilan olib kelgan pichoq bilan yigit qizning chap koʻkrak qismiga ikki marta kuch bilan urib, qiz hushidan ketganidan keyin, uning boʻyin va qorin qismlariga yana ikki marta urib, qizni qasddan oʻldirgan. Yigit shundan keyin oʻzini ham oʻldirishga uringan. Ammo pichoq chuqur kirmagan.
Koʻp oʻtmay voqea joyiga qizning eri yetib kelgan. Ushbu vaqtda ham qiz tirik boʻlib, uni shifoxonaga olib borishayotganida, uni yigit pichoqlamaganligini, bir-birlarini yaxshi koʻrishganligini bildirib, koʻrsatma bergan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining yigitga nisbatan chiqargan hukmi oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻz kuchida qoldirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring