Qoʻmita majlisida ayrim qonunlar dastlabki tarzda koʻrib chiqildi
Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy bank xizmatlarini joriy etishga va xalqaro tajribani inobatga olgan holda bank tizimini, shuningdek, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, shu jumladan aholi turmush farovonligini oshirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sportni hamda boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Senatorlar tomonidan moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish va xalqaro islomiy moliya standartlariga muvofiq yangi turdagi bank xizmatlarini joriy etish bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan tadbirlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash va qoʻshimcha xarajatlar manbalarini aniqlash zarurati yuzaga kelayotganligi qayd etildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya orqali banklar islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkinligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunga taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish hamda boshqa bir qator tadbirlar uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi, Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari ham oʻzgartirilmoqda.
Qoʻmita aʼzolari oʻz chiqishlarida qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimizda islomiy bank xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etishga, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari mablagʻlarining maqsadli hamda samarali sarflanishini taʼminlashga xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring