Qoʻl mehnatidan raqamli texnologiyagacha — Fargʻona viloyatining muhim manzillaridan fotoreportaj

12:33 03 Iyun 2025 Jamiyat
578 0

Yurtimiz taraqqiyotining yorqin manzaralari, xalqimizning mehnatsevarligi va boy madaniy merosi har bir hududda oʻz aksini topgan. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari ijodiy jamoasi Fargʻona viloyatiga xizmat safari davomida ushbu betakror goʻshaning turli manzillarida boʻldi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

 

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Milliy hunarmandchilik — yuragimiz, tariximiz va madaniyatimizning ajralmas boʻlagidir. Fargʻonaning goʻzal qishloqlaridan birida qadimiy kulolchilik anʼanalarini asrab kelayotgan, sanʼatga mehr qoʻygan oilaning faoliyati bilan tanishdik. Ularning qoʻli bilan yaratilgan har bir buyumda nafaqat nafislik, balki ruh, mehr va sabr mujassam.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyatining taraqqiyot surʼatlari ayniqsa qurilish sohasida yaqqol sezilmoqda. “Yangi Qoʻqon” mavzesi — bu nafaqat zamonaviy arxitektura namunasi, balki keng imkoniyatlar eshigini ochayotgan ijtimoiy loyihadir.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Mingdan ziyod yangi qurilayotgan xonadonlar subsidiya va ipoteka krediti asosida aholiga taklif etilmoqda. Oilaviy byudjet uchun eng katta xarajat yukini yengillatish uchun davlatimiz rahbarining tashabbuslari doirasida qulay imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Tarix nafasi ufurib turgan muqaddas maskan — Xudoyorxon oʻrdasi Qoʻqon xonligining siyosiy, madaniy va maʼnaviy markazi boʻlgan ushbu muazzam saroy bugun ham oʻz salobati bilan kishini oʻziga rom etadi. Oʻrda devorlaridagi nozik naqshlar, ustunlaridagi oʻyma sanʼat va har bir burchagidagi tarixiy ruh — bularning barchasi bobolarimizdan qolgan bebaho merosdir. Bu yerda yurib, tarix nafaqat oʻqiladigan, balki yurak bilan his etiladigan holatga keladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyati sanoat salohiyati bilan ham yurtimiz taraqqiyotida munosib oʻrin egallamoqda. Bugun viloyatda nafaqat mahalliy, balki xorijiy texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu fabrikalarda turli sohalarga oid mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Ayniqsa, kiyim-kechak sanoatining rivoji alohida eʼtiborga loyiq. Fargʻonadagi tikuv-trikotaj fabrikalari zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan boʻlib, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorga, balki xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Mahsulot sifati, dizayni va ekologik talablarga muvofiqligi tufayli ular xalqaro bozorda ham oʻz oʻrnini topmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Texnik taraqqiyot, innovatsiyalarni joriy etish, zamonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanish – bularning barchasi viloyat sanoatining buguni va ertasini barpo etayotgan muhim omillardir.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер