“Qoʻynidan toʻkilsa qoʻnjiga”: “OpenAI” oʻzi uchun yangi sunʼiy intellekt modelini joriy qildi

“OpenAI” kompaniyasi “Operator” deb nomlangan sunʼiy intellekt agenti uchun ishlatiladigan modelni yangiladi. Ushbu agent foydalanuvchi topshiriqlarini bajarish uchun internetni avtonom tarzda koʻzdan kechirish va bulutda joylashgan virtual mashinalarda dasturiy vositalardan foydalanish imkoniga ega.
Tez orada “Operator” “o3” nomli, “OpenAI”ning soʻnggi “reasoning” (mantiqiy fikrlash) modellari oilasiga mansub sunʼiy intellekt asosida ishlay boshlaydi. Bungacha esa u maxsus moslashtirilgan “GPT-4o” modeliga asoslangan edi.
“OpenAI” blogida yozilishicha, Biz “Operator” uchun “GPT-4o” asosidagi mavjud modelni “o3” asosidagi yangi versiyaga almashtiryapmiz. Shu bilan birga, “Operator”ning API versiyasi hali ham “GPT-4o” asosida ishlaydi. “o3” modeli ayniqsa matematik hisob-kitoblar va mantiqiy tahlilga asoslangan vazifalarda yuqori samaradorlik koʻrsatmoqda.
Yaqinda turli sunʼiy intellekt kompaniyalari tomonidan kuchli agentik vositalar jadal suratda ishlab chiqilmoqda. Bu jarayonda, foydalanuvchining doimiy nazoratisiz ham turli topshiriqlarni mustaqil bajarishga qodir agentlar muhim rol oʻynaydi.
“Google”, masalan, “Gemini API” orqali internetni koʻzdan kechirish va foydalanuvchi nomidan harakatlar bajarish imkonini beruvchi “kompyuter agenti”ni taqdim qilgan. U “Mariner” nomli isteʼmolchilar uchun moʻljallangan vositani ham ishlab chiqqan. “Anthropic” kompaniyasining modellarida esa fayllarni ochish, sahifalarda harakatlanish kabi kompyuter funksiyalarini bajarish imkoniyati mavjud.
“OpenAI”ning taʼkidlashicha, “o3” “Operator” modeli maxsus xavfsizlik maʼlumotlari asosida moslashtirilgan. Bu maʼlumotlar modelga tasdiqlash va rad etish boʻyicha qaror chegaralarini oʻrgatuvchi datasetlarni oʻz ichiga oladi.
Shu bilan birga, “OpenAI” “o3” “Operator” modeli avvalgi versiyadagi kabi koʻp qatlamli xavfsizlik yondashuviga tayanishini qayd etdi. Eʼtiborga molik jihat shuki, “o3” modeli kod yozish boʻyicha yuqori imkoniyatlarga ega boʻlsada, “o3” “Operator” versiyasi toʻgʻridan-toʻgʻri kod muhiti yoki terminalga kirish huquqiga ega emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring