Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimi Sherxon Allamurodov intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimovning 23-avgustdagi farmoyishiga koʻra, Sherxon Allamurodov 2025-yilning birinchi yarmida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish va eksport koʻrsatkichlarini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan. Shu sababli Mehnat kodeksining 312-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan uning oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima undirilishi belgilandi.
Sherxon Allamurodov 2025-yil yanvaridan buyon Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 1986-yilda Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2011-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan, podpolkovnik harbiy unvoniga ega.
Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, viloyat IIB boʻlim boshligʻi hamda Jarqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi sifatida faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring