“Qizilqum” U-19 jamoasi bosh murabbiyi pora bilan ushlandi
Navoiyning “Qizilqum” professional futbol klubi U-19 jamoasi bosh murabbiyi pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “Qizilqum” professional futbol klubining U-19 jamoasi bosh murabbiyi, oʻyinchilar jamoaga belgilangan sinovlar orqali saralanib, klub komissiyasi qarori hamda rahbarning tegishli buyrugʻi asosida qabul qilinishini bilgan holda, oʻz xizmat mavqeidan foydalangan.
U Nurata tumanida yashovchi, 2008-yilda tugʻilgan oʻsmirning ishonchini qozonib, uni jamoaning asosiy tarkibiga qabul qilish evaziga 20 mln soʻm talab qilgan.
Biroq bosh murabbiy soʻralgan pul mablagʻini olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring