Qizilqum bag‘ridagi “Qizilravot” aholisiga qulaylik yaratildi

11:07 26 May 2023 Jamiyat
208 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Buxoro viloyati markazidan chamasi 300 kilometr olisda, bepoyon Qizilqum sahrosi bag‘ridagi “Qizilravot” ovulida oilaviy shifokorlik punktining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. 

Asosan qozoq millatiga mansub 800 nafarga yaqin aholi yashovchi mahalla ahli uchun bu chinakamiga quvonchli voqea bo‘ldi. Maskanning ochilish marosimida qatnashgan Romitan tuman hokimi U. Barnoyev va boshqalar inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizda fuqarolarning sog‘ligini ishonchli himoya qilish, onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda ekanini ta’kidlab, tibbiyot muassasalari uchun yangi binolar qurilayotgani, ular zamonaviy asbob – uskunalar bilan jihozlanayotganini qayd etdilar. Sahro bag‘ridagi ushbu moʻjaz maskan ham xuddi shuning isbotidir. Uni barpo etish uchun 1 milliard 439 million so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi. 

“Qizilravot” oilaviy shifokorlik punkti mudirasi, kasbga sadoqati va jamoat ishlarida faolligi bilan el – yurt hurmatini qozongan Nasiba Miltiqbayevaning ta’kidlashicha, sobiq qishloq vrachlik punkti bilan hozirgisi o‘rtasida anchagina tafovut bor. Bu yerda yashovchilar umumiy amaliyot shifokori, patronaj, laboratoriya xizmatlaridan foydalanish imkoniga egalar. Tug‘ish yoshidagi ayollar hamda bolalar salomatligini nazorat qilib borish uchun ham zarur shart – sharoitlar yaratilgan. Muolaja davrida bir necha turdagi dori vositalari bepul beriladi. 

Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?