Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tomonidan “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oid masalalar ijrosi yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari vakillari, ekspertlar, Yoshlar parlamenti aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, dastur ijrosi yuzasidan I yarim yillikda qishloq xoʻjaligi sohasida 450 mlrd soʻmlik 61 ta loyihani foydalanishga topshirish hisobiga 1000 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratilgan, shuningdek, 43,5 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Joriy yilda 1,4 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari, jumladan, 1,2 ming tonna xom ipak, 600 tonnaga yaqin ipak momigʻi, 6,8 mln pogonometr ipak mato, 626 tonna kalavalangan ipak ipi, 2,1 mln dona tayyor ipakli mahsulot va 500 dan ortiq ipak gilamlari ishlab chiqarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 151 foizga yetkazilgan.
Respublikada mavjud “In-vitro” laboratoriyalari tomonidan jami 4 milliondan ortiq sertifikatlangan koʻchat mahsuloti yetishtiruvchilarga yetkazib berilib, 50 ming gektar maydonda intensiv usulda sabzavotlar ekilishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksporti salohiyatini oshirish, eksport qiluvchi mahalliy eksportchi korxonalarga amaliy yordam berish maqsadida Karantin agentligi tomonidan respublikaning 14 ta hududida “Eksport shtabi” tashkil etilib, soha mutaxassislari biriktirilgan.
Xususiy sektor bilan hamkorlikda 13 ta oʻsimliklar klinikasi, 479 ta xizmat koʻrsatuvchi otryad tashkil etildi, shuningdek, 639 ta biolaboratoriyaga aholi xonadonlarini biriktirish hisobiga 2 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.
Taʼkidlanganidek, bu yoʻnalishda belgilangan vazifalarning hududlardagi ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati, xususan, parlament nazorati oʻrnatilgani joylarda mutasaddilarning masʼuliyatini oshirmoqda.
Suv tanqisligining oldini olish, suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish borasida dasturda belgilangan vazifalarning muhimligi ham senatorlar tomonidan taʼkidlandi.
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan muhokamalar ochiq savol-javob shaklida boʻlib oʻtdi. Shu bilan birga, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida agrar sohani rivojlantirish boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga tavsiyalar berildi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring