Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarining “taqdiri”ga oid muhim farmon qabul qilindi
Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanilishiga oid “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qabul qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
Bunda bir nechta shartlar amal qilishi kerak. Birinchidan, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3-yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan qoʻllaniladi.
Ikkinchidan, boshqa aholi punktlarida – 5-yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10-yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan beriladi.
Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida toʻliq toʻlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.
“Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring