Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda

13:17 06 Yanvar 2024 Jamiyat
353 0

Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha 13 ta OTMda hududiy ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Arizalar shu yil 20-yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

Ishchi guruhlar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

— talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

— davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

— oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);

— talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);

— pasport nusxasi;

— yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?