Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi elchisi Musa Djamanbayev Manas mahallasida boʻldi

11:51 13 May 2024 Jamiyat
132 0

Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Xalqimiz azal-azaldan turli millat vakillari bilan bir oiladek, doʻst, inoq yashab kelgan. Oradan necha asrlar oʻtsa-da, bu anʼana bizning davrimizga kelib millatlararo totuvlik sifatida yanada mustahkamlanmoqda.

Jumladan, oʻzbek va qirgʻiz xalqlari uzoq yillar davomida yonma-yon, doʻst-birodar, quda-anda boʻlib hayot kechirmoqda.

Qirgʻiz Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Musa Djamanbayev boshchiligidagi delegatsiyasi aʼzolari Jizzax viloyati Doʻstlik tumanining Manas mahallasida boʻlishdi.

Musa Jamanbayev mahalladagi Madaniyat saroyida ham boʻlib, aholi va yoshlar bilan uchrashdi. Unda soʻz olgan elchi Manasda amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar hamda Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlarga yuqori baho berdi. Shu yerda mehmonlar sharafiga konsert dasturi namoyish etildi.

Shundan keyin ular 5-umumtaʼlim maktabida boʻlib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda taʼlim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarga taʼlim-tarbiya berishdan tashqari, salomatliklarini mustahkamlash, sport turlarini ommalashtirish maqsadida minifutbol oʻyini ham tashkil etildi.

Tomonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan suhbatlar davomida oʻzaro doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер