Qirgʻizistonda Oʻzbekistonning koʻchma koʻrgazmasi ochildi
Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati “Sulaymon togʻ” tarixiy-arxeologiya muzey-majmuasida Oʻzbekistonning “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining koʻchma koʻrgazmasi ochildi.
“Sulaymon togʻ” tarixiy-arxeologiya muzey-majmuasida xivalik muzey mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan koʻchma koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekistonlik soha vakillari, mutaxassislar, mahalliy va xorijlik sayyohlar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir madaniy-maʼrifiy, turizm sohasidagi hamkorlik oʻzbek va qirgʻiz xalqlari qardoshligini, mamlakatlar oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Koʻrgazmaga qoʻyilgan nodir eksponatlar, uzoq tarixdan maʼlumot beruvchi turli osori-atiqalar, shuningdek, suratlar koʻrgazmani tomosha qilayotganlarga cheksiz hayrat hamda katta taassurotlar bagʻishlamoqda.
Koʻrgazma namoyishi yil oxirigacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring