Qirgʻiziston Rossiyadan oʻz fuqarolariga alohida maqom berishni talab qilmoqda
Illyustrativ foto
Qirgʻiziston Savdo-sanoat palatasi rahbari, mamlakatning sobiq bosh vaziri Temir Sariyev oʻz mamlakati fuqarolariga Rossiyada alohida maqom berilishini talab qildi. Bu haqda u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida maʼlum qildi.
“Biz Qirgʻiziston, qirgʻiz xalqi Rossiya Federatsiyasida alohida maqomga ega boʻlishini istaymiz. Chunki eng ogʻir damlarda siz bilan birga boʻlganmiz”, — degan Sariyev.
U qirgʻiz xalqi Ulugʻ Vatan urushi yillarida Moskvani himoya qilganini alohida taʼkidladi. Maxsus operatsiya boshlanganda ham ular Rossiyani qoʻllab-quvvatlagan.
Shu yilning 12-iyun kuni Qirgʻiziston maxsus xizmatlari rossiyalik relokantlar (ish sabablari yoki yaxshi imkoniyatlarni izlash uchun koʻchib oʻtadigan odamlar)ni deportatsiya qilish maqsadida emas, balki ichki siyosiy vaziyat keskinlashgani sababli noqonuniy muhojirlarni aniqlash boʻyicha maxsus operatsiya oʻtkazgani xabar qilingan edi. Siyosatshunos Mars Sariyevning aytishicha, oxirgi paytlarda ular Hindiston va Pokistonga qarshi kayfiyatni koʻtarish orqali respublikadagi vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilishgan. Natijada Pokiston va Hindiston fuqarolariga hujumlar boshlangan. Shu bois muhojirlarga qarshi reydlar oʻtkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring