Qimmatbaho metallarni tadbirkorlar tomonidan qazib olish tartibi belgilandi
Foto: Arxiv surat
Hukumat qarori (133-son, 25.03.2022-y.) bilan Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha beriladi.
Bunda yer qaʼri uchastkasi ishonchli, aniq konturlari va chegaralari koʻrsatilgan, oʻlchami 5 gektargacha boʻlgan sochma oltin konlari boʻladi.
Yer qaʼri uchastkalari «Ye-auksion” portaliga qoʻyiladi va uning bir gektari boshlangʻich narxi BHMning 35 baravari (9 mln 450 ming soʻm) etib belgilanadi.
Ruxsatnomalar «Ye-auksion«dagi auksion yakunlari boʻyicha faqat Oʻzbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi.
Ruxsatnoma olganlar qazish ishlarini boshlashdan avval yozma ravishda hokimiyatni, Ekologiya, Sanoat xavfsizligi qoʻmitalari, Kon-geologiya inspeksiyasini xabardor qilishi kerak.
Qazib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga sotiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring