Qilichbozlik: yigitlarimiz oltin, qizlarimiz esa bronza medali sohibiga aylandi

18:49 03 Dekabr 2023 Sport
150 0

Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, ushbu turnirda yigitlarimiz oltin, qizlarimiz esa bronza medali sohibiga aylanishdi.

Yigitlarimiz yarim finalda BAA, finalda Slovakiya jamoalarini magʻlubiyatga uchratishga erishishdi. Qizlarimiz esa final ostonasida Ruminiyaga imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun bahsda Qozogʻiston jamoasini dogʻda qoldirdilar.

Yigitlar:
Oʻzbekiston (oltin)
Slovakiya (kumush)
Qozogʻiston (bronza)

Qizlar:
Ruminiya (oltin)
Moldova (kumush)
Oʻzbekiston (bronza). 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер