Qiymati 50 milliard soʻmdan yuqori loyihalar boʻyicha infratuzilma xarajatlari toʻliq qoplab beriladi
Shuningdek, dasturda ishtirok etayotgan tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi paytida “yashil yoʻlak” tartibi qoʻllaniladi.
Dasturga kirgan tadbirkorlarga infratuzilma, yer va bino-inshootlar bilan taʼminlashda qoʻshimcha yengilliklar beriladi:
— yer, bino-inshootlarni auksion orqali xususiylashtirishda boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi;
— qiymati 50 milliard soʻmdan yuqori loyihalar boʻyicha infratuzilma xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Soliq va bojxona imtiyozlari toʻliq berilishini, arzon kreditlar oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlamagan rahbarlarga javobgarlik choralari koʻrib boriladi.
Davlatimiz rahbari ushbu tizim bir martalik ish emas, davomli jarayon boʻlishi zarurligini qayd etdi.
Vazirlar Mahkamasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga joylarga chiqib, tadbirkorlar koʻtargan muammo va takliflarni oʻrganish va ularga koʻmaklashish topshirildi.
Mutasaddilar oldiga yil yakuniga qadar ushbu yangi tizim asosida 550 ming aholini oʻqitib, kambagʻallikdan chiqarish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring