Qibrayda metan “zapravka” 5,9 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalandi
Foto: Energetika vazirligi
Toshkent viloyatida 5,9 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va DXX hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Qibray tumanida joylashgan “M.S.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi hisoblagichning toraytiruvchi qurilmasini oʻrnatish tartibi va sxemasini oʻzgartirib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 5 milliard 972 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda ushbu holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring