Qibrayda “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

14:29 19 Fevral 2024 Jamiyat
243 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.R. va boshqalar qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelib, tumandagi “Nurobod” MFY hududidagi xonadonda 2 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 685,9 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?