Qator milliy federatsiyalar Toshkentdagi boks chempionatini boykot qilmoqda
AQSH, Irlandiya, Chexiya va Buyuk Britaniya boks federatsiyalari may oyida Toshkentda oʻtkaziladigan jahon chempionatini boykot qildi. Ushbu davlatlar bokschilari chempionatda ishtirok etmaydi. Kanada ham shunday qarorga yaqin.
Bunga rossiyalik va belaruslik bokschilarning oʻz bayrogʻi ostida qatnashishiga ruxsat berilishi sabab boʻlgan. Shuningdek, USA Boxing bayonotida, IBA moliyaviy boshqaruvi shaffof emasligi va sanksiyalar ostidagi kompaniyalarga qaramligi ham boykotning sabablaridan biri sifatida keltirilgan.
Maʼlumot uchun, erkaklar va ayollar chempionatlari Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkillashtiriladi, uning prezidenti rossiyalik Umar Kremlevdir. Rossiyaning Gazprom energetika kompaniyasi esa IBAning eng yirik homiysi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring