Qatar taraqqiyot jamgʻarmasi Samarqanddagi Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilishda koʻmaklashmoqda
Oʻzbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatar taraqqiyot jamgʻarmasi (QFFD) bosh direktori oʻrinbosari Sulton Al-Asiyriy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Elchi “QFFD” bilan hamkorlikda Samarqanddagi Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilayotgani uchun Qatar tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida taʼlim, sogʻliqni saqlash, va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarda xorijiy hamkor sifatida Qatar taraqqiyot jamgʻarmasini jalb qilishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring